"Barselona" yarim himoyachisi "Valensiya"ga o‘tishga yaqin turibdi
"Valensiya" klubi "Barselona" yarim himoyachisi Rafinya Alkantarani o‘z safiga qo‘shib olishga juda yaqin turibdi. Bu haqda Sport.es nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga qaraganda “ko‘rshapalaklar” tez orada 26 yoshli braziliyalik futbolchining transferini 10 mln evro evaziga sotib olishadi. Ular allaqachon Alkantara bilan shaxsiy kelishuvga erishib bo‘lishgan.
Ma’lumot uchun, Rafinya Alkantara “Barselona” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U asosiy jamoada 2011 yil debyut qilgan. Orada “Selta” va “Inter” klublarida ma’lum muddat ijarada to‘p surdi. Uning transfer narxi esa 15 mln evroga baholanmoqda.
Fikrlar