
"Barselona" yirik transferga yaqinlashmoqda
"Barselona" Bilbaoning "Atletik" klubi vingeri Niko Uilyamsning transferi borasidagi muzokaralarda faol ishlamoqda. 22 yoshli futbolchi bu transferga allaqachon rozi bo‘lgan.
"RAC1"ning yangilangan ma’lumotlariga ko‘ra, “Barselona”dagi manbalar Uilyams bo‘yicha muzokaralarda sezilarli yutuqlarga erishilganini tasdiqlashgan, biroq muammo o‘zgarmasligicha qolmoqda – hammasi moliyaviy feyr-pleyga bog‘liq bo‘ladi. Kataloniya grandi futbolchini ro‘yxatdan o‘tkazishlari mumkinligiga ishonch hosil qilmagunicha, u bilan shartnoma imzolamaydi.
Eslatib o‘tamiz, Nikoning "Atletik" bilan shartnomasida tovon puli 58 million evroni tashkil qiladi.
Fikrlar