"Barselona" yozda A Seriya toʻpurarini oʻz safiga qoʻshib olmoqchi
"Barselona" yozgi transfer oynasida hujum chizigʻini kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqida "TyC Sports" nashri maʼlum qildi.
Manba maʼlumotiga koʻra, kataloniyaliklar "Inter" hujumchisi Lautaro Martinezni oʻz safiga qoʻshib olishni rejalashtirmoqda. Maʼlum boʻlishicha, "Barselona" vakillari allaqachon vingerning agentlari bilan muzokaralarga kirishgan.
Ayni vaqtda argentinalik hujumchining transfer bozoridagi narxi 85 million yevroga baholanmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yozigacha amal qiladi.
Maʼlumot uchun, 28 yoshli futbolchi joriy mavsum Italiya grandi safida 40 ta uchrashuvda maydonga tushib, oʻz nomiga 22 ta gol va 6 ta golli uzatmani yozdirib qoʻydi.

Fikrlar