"Barselona" yozda top hujumchini tarkibga jalb etishni rejalashtirmoqda

  • 27 aprel, 2023, 10:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mavsumlar oralig‘ida "Barselona" tarkibi o‘zgarishi mumkin. Mish-mishlarga ko‘ra, Usmon Dembele yoki Rafinya kataloniyaliklar safini tark etishi mumkin.

Tecno

Agar bu futbolchilardan birortasi “Barselona”ni tark etsa, klub rahbariyati “Bavariya” hujumchisi Sadio Maneni jamoaga taklif qilishi mumkin. TodoFichajes nashrining yozishicha, "ko‘k-anorranglilar" allaqachon 31 yoshli senegallik futbolchining transferi masalasida "Bavariya" rahbariyati va futbolchining agenti bilan aloqaga chiqqan. Gap katta ehtimol bilan ijaraga olish haqida ketmoqda.

Transfermarkt ekspertlari Sadio Maneni 45 million evroga baholamoqda.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda Mane jamoadoshi Sanega qo‘l ko‘targani uchun "Bavariya" rahbariyati tomonidan jiddiy jazolangan edi. Buning ortidan matbuotda nemis grandi yozda Mane bilan xayrlashishni rejalashtirayotgani haqida yozmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!