“Barselona”dan ketgan futbolchi jamoani tanqid qildi

  • 21.08.2021 21:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Barselona”dan “Lids”ga ko‘chib o‘tgan Junior Firpo sobiq klubini tanqid qildi.

- Men “Lids”ga yaqinda keldim, lekin bu erda o‘rganishga xizmat qiladigan videolarni ko‘p tomosha qilyapman. “Barselona”da ikki yil davomida bunday bo‘lmagan. Yangi jamoamda hamma menga hamma narsani puxta tushuntirishyapti, qanday o‘ynashim va nima qilishim kerakligini aytishyapti. Bu jamoada har bir detalga e’tibor qaratilar ekan, - dedi Firpo.

“Lids” xo‘jayinlari iste’dodli futbolchi bilan 2025 yilning yozigacha shartnoma imzoladi. Uning transferi inglizlarga 15 million evroga tushdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!