
"Barselona"ga Messi kerak emasmi? Klub sport direktori javob berdi
Yordi Kroyffning ta’kidlashicha, Lionel Messining "Barselona"ga o‘tishi futbolchining o‘ziga bog‘liq.
“Bu boradagi savollarni unga berish kerak. Hozircha hammasi uning qaroriga va moliyaviy feyr-pleyga bog‘liq. Lioneldan so‘rang. U PSJda o‘ynaydi, uni oldinda yana bitta o‘yin kutib turibdi.
Boshqa klublar o‘yinchilarimizni muhokama qilgani bizga yoqmasligi sababli, o‘zimiz ham buni qilmaymiz. Yakuniy qarorni o‘yinchi qabul qiladi.
Iqtisodiy reja, La Liga bilan shug‘ullanuvchilarga savol berish kerak. Agar klubimiz Messini qo‘lga kiritishga harakat qilayotgan bo‘lsa, bu uning uddasidan chiqqani uchundir.
Lekin bizda allaqachon yaxshi tarkib va yosh futbolchilar bor. Ular hozir o‘zlarini ko‘rsatmoqdalar va kelajakda ham shunday qilishadi. Jiddiy ishlar qilindi. Bizda Evropaning top-jamoalari orasida eng yosh jamoalardan biri bor”, - dedi “Barselona” sport direktori.
Fikrlar