"Barselona"ga o‘tishni xohlamagan futbolchi kim?

  • 04.04.2021 21:19
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Barselona" klubining sobiq himoyachisi Jeremi Mate 2014 yilda "Valensiya"dan “ko‘k-anor ranglilar” safiga o‘tishni xohlamagani haqida gapirib berdi.

“Men “Barselona”ga o‘tishni xohlamadim. Chunki kataloniyaliklardan taklif kelib tushganida, men jamoa sardori edim. Bu erda hamma narsa meni qoniqtirardi va men “Barselona”da o‘rinbosar sifatida o‘ynashni xohlamasdim. Shu sababli “Valensiya” rahbariyatidan shartnomani uzaytirishni so‘radim. Men ularga maoshimni oshirishlarini so‘radim, ammo “Barselona” undan ham ko‘proq berishga tayyor edi. “Valensiya” prezidenti taklifimni rad etdi. Keyin ketishga qaror qildim”, - dedi frantsiyalik futbolchi.

Ma’lumot uchun, Mate 2014-2017 yillarda “Barselona” safida to‘p surgan. U ushba davom mobaynida jami 62 ta o‘yinda maydonga tushib, raqiblari darvozasiga 3 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Jeremining shundan so‘ng “Sporting”ga ko‘chib o‘tdi va 2020 yilda shu jamoada faoliyatini yakunladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!