"Barselona"ga yozda 2 nafar argentinalik himoyachi keladi

  • 15.04.2021 14:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Barselona" mavsumlar oralig‘ida o‘z safini Niderlandiya chempionatida to‘p surayotgan 2 nafar argentinalik futbolchi bilan kuchaytirishi mumkin. Bu haqda Voetbal International nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, "Ayaks" himoyachisi Lisandro Martines va "Feyenoord" himoyachisi Markos Senesi “ko‘k-anor ranglilar”ning diqqat markazida bo‘lib turibdi.

23 yoshli Martines joriy mavsum "Ayaks" safida jami 34 ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 2 ta gol hamda 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi. Uning transferi 22 million evroga baholanmoqda.

23 yoshli Senesi bu mavsum "Feyenoord" safida 35 ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta gol hamda 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning transfer narxi esa 20 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!