"Barselona"ning 18 yoshli futbolchisi qishda jamoani tark etadi
"Barselona" yarim himoyachisi Dro Fernandes qishki transferlar oynasida jamoani tark etadi.
"Diario Sport" nashrining ma'lumotlariga koʻra, juma kuni ertalab 18 yoshli havbek bosh murabbiy Hans-Diter Flikka jamoadan ketish qarori haqida xabar bergan. Klub futbolchini sotish orqali 6 million yevro daromad qiladi — aynan shu summa uning shartnomasida kompensatsiya toʻlovi sifatida koʻrsatilgan.
"Mundo Deportivo" xabariga koʻra, yarim himoyachi Angliya va Germaniya klublaridan takliflar olgan.
Yaqin kunlarda Fernandes oila a'zolari va agentlari bilan uchrashib, barcha variantlarni koʻrib chiqadi. "Barselona"da esa bu qaror hayrat bilan qabul qilingan va klub futbolchini olib qolishga urinib koʻrishi mumkin.
Qayd etilishicha, "Barselona" Fernandes bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirgan, biroq sport direktori Deku kelishuvni oʻz vaqtida yakunlay olmagan.
Fikrlar