"Barselona"ning muhim futbolchisi "Vilyarreal"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi
"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik jamoa yarim himoyachisi Pedri jarohat sabab La Liganing 17-turi doirasida "Vilyarreal"ga qarshi o‘yinda maydonga tushmasligini tasdiqladi.
"Pedri bu o‘yinda ishtirok eta olmaydi. Albatta, bu holatdan xursand emasman, ammo bu futbolning bir qismi. O‘ylaymanki, u keyingi o‘yinga, ya’ni "Espanol"ga qarshi bahsga tayyor bo‘ladi. Futbolchining son orti mushaklarida muammo bor. Pedri o‘ynashi mumkin edi, ammo xavf juda katta. Biz uni asrashimiz va to‘liq davolanishini ta’minlashimiz kerak. Tavakkal qila olmaymiz. Hozir eng to‘g‘ri qaror shu», — dedi Flik AS nashriga.
Ma’lumot uchun, yarim himoyachi joriy mavsumda barcha musobaqalarda kataloniyaliklar safida 19 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urdi va 6 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Fikrlar