
“Barselona”ning puli etmay qoldi
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Bernardu Silva kelasi yili "Barselona"ga o‘tishi mumkin, deb yozadi jurnalist Alfredo Martines.
Manbaga ko‘ra, kataloniyaliklar hozirda “shaharliklar” so‘ragan 100 million evroni to‘lay olmaydi. 2023 yil yozgi transfer oynasida "Barsa" yana 28 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga urinib ko‘radi.
Bernardo o‘tgan mavsumda “Manchester Siti”ning barcha musobaqalar doirasidagi 50 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 13 ta gol va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Yarim himoyachining klub bilan shartnomasi 2025 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.
Fikrlar