"Barselona"ning sobiq hujumchisi yana Evropaga qaytmoqda

  • 26.12.2020 14:54
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Monreal" klubi hujumchisi Boyan Krkich yana Evropaga qaytishi mumkin.

L'Equipe nashri tarqatgan xabarga qaraganda, 30 yoshli ispaniyalik futbolchiga Frantsiyaning "Sent-Eten" klubi qiziqib qoldi. Aytish lozimki, uning MLS klubi bilan amaldagi shartnomasi yanvarda o‘z nihoyasiga etadi.

Boyan "Monreal" safida 27 ta o‘yinda maydonga tushdi va raqiblari darvozasiga 7 ta gol urdi.

Krkich "Barselona" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U Kataloniya klubidan tashqari "Roma", "Milan", "Ayaks", "Stok Siti", "Maynts" va "Alaves" klublarida o‘ynagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!