"Barselona"ning yangi murabbiyi EChLning bo‘lajak uchrashuvi uchun tarkibni e’lon qildi

  • 1 noyabr, 2021, 18:32
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" klubi murabbiylar shtabi UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichining 4-turidan o‘rin olgan "Dinamo" Kievga qarshi bo‘ladigan bahs uchun qaydnomasini e’lon qildi.

Ukraina poytaxtidagi o‘yinni Jerar Pike, Pedri, Serxio Aguero va Martin Breytueyt turli sabablarga ko‘ra o‘tkazib yuboradi.

Quyida "Barselona"ning ushbu uchrashuv uchun qaydnomasi bilan tanishib olishingiz mumkin:

Darvozabonlar: ter Shtegen, Neto, Penya.

Himoyachilar: Dest, Arauxo, Langle, Alba, Mingesa, Umtiti, Garsiya, Balde.

Yarim himoyachilar: Buskets, Puch, Demir, Koutino, F. de Yong, Gonsales, Gavi, Sans.

Hujumchilar: Dembele, Depay, Fati, L. de Yong.

Eslatib o‘tamiz, "Dinamo" - "Barselona" uchrashuvi 2 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!