"Bashakshehir" bosh murabbiyi o‘z futbolchilaridan norozi

  • 01.02.2026 16:04
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

Turkiya Superligasining 20-turi doirasida bo‘lib o‘tgan "Istanbul Boshakshehir" — "Rizespor" o‘yini 2:2 hisobida durang bilan yakunlandi. Bahsdan so‘ng "Boshakshehir" bosh murabbiyi Nuri Shahin o‘yin haqida fikr bildirdi.

"Biz kutganimizdan juda farqli bosimga duch keldik. Shu bilan birga, vaziyatga moslasha oldik. Birinchi taymda ko‘rsatgan o‘yinimiz juda yaxshi edi, faqat ikkinchi gol yetishmadi. Ikkinchi taymda esa bizga yarashmagan o‘yinni ko‘rdik. O‘yindan keyin jamoaga ham shuni aytdim. Ikkinchi taymdagi o‘yin uchun na men to‘g‘ri murabbiyman, na jamoamizdagi futbolchilar bunday o‘yinga mos. Shuningdek, klub sifatida ham biz bunday jamoa emasmiz. Bizda o‘z o‘yinimiz va taktik qarashimiz bor. Shu sabab ikkinchi taym bizga yarashmadi. Bir ochko — baribir ochko. Bu ochkolarning qadrini keyinroq albatta ko‘ramiz, ammo biz durang uchun quvonadigan jamoa emasmiz", — dedi mutaxassis.

Ma’lumot uchun, ushbu uchrashuvda asosiy tarkibda maydonga tushgan Eldor Shomurodov o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!