"Bashakshehir" Eldor Shomurodov haqida muhim yangilikni e'lon qildi

  • 05.07.2026 02:05
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov o‘tgan mavsum "Roma" klubidan "Istanbul Boshakshеhir" safiga ijara asosida ko‘chib o‘tgan edi. Bugun esa Istanbul klubi Eldorning shartnomasidagi sotib olish bandi kuchga kirganini rasmаn e’lon qildi.

"O‘tgan mavsum ijara asosida tarkibimizga qo‘shilgan Eldor Shomurodovning shartnomasidagi sotib olish majburiyati bandi kuchga kirdi.Shu tariqa, O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisining shartnomasida ko‘zda tutilgan ikki yillik kelishuv rasmаn amalga oshirildi.

Eldor Shomurodovga to‘q sariq-ko‘k libosimizda yanada katta muvaffaqiyatlar tilaymiz. Shuningdek, ushbu kelishuv klubimiz va futbolchimiz uchun hayrli bo‘lishini tilab qolamiz", — deyiladi klub matbuot xizmati xabarida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!