"Bashakshexir" bosh murabbiyi: "Uch ochko olganimizdan juda xursandman"

  • 30.11.2025 03:01
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Turkiya Superligining 14-turida "Istanbul Bashakshexir" jamoasi "Kasimpasha"ni 3:1 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuvdan so‘ng klub bosh murabbiyi Nuri Shahin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Birinchi bo‘lim biz istagan tarzda kechdi. Raqibning ikki xil taktikada o‘ynashi mumkinligini inobatga olib tayyorlangandik. Birinchi bo‘limda shogirdlarim juda ijobiy o‘yin ko‘rsatishdi va kerakli hisobni qo‘lga kiritdik.

Ikkinchi bo‘lim haqida bunday dey olmayman. Bu holat bir necha bor takrorlanmoqda. Kuchni to‘g‘ri taqsimlash borasida o‘sishimiz kerak. O‘yinni 90 daqiqa davomida barqaror ushlab tursak, juda kuchli jamoaga aylanamiz. Bugun "Kasimpasha"ga qarshi bahsda keraksiz vaziyatda maydonda bir kishi kam bo‘lib qoldik va shundan keyin qo‘shimcha kuch sarflashga to‘g‘ri keldi.

Ammo uch ochko olganimizdan juda xursandman. Ayniqsa, o‘tgan turdagi "Trabzonspor"ga qarshi mag‘lubiyatdan so‘ng bu g‘alaba biz uchun davo bo‘ldi. Oldinda hali uzoq yo‘l bor, ammo jamoa to‘g‘ri yo‘lda. Ishonamanki, oxir-oqibat muvaffaqiyatga erishamiz", — dedi Shahin.

Ma’lumot uchun, ushbu bahsda Eldor Shomurodov va Abbosbek Fayzullaev o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!