Bastoni "Barselona"ga o'tmaydi — transfer bekor qilindi
"Inter" markaziy himoyachisi Alessandro Bastonining "Barselona"ga o‘tishi amalga oshmaydi. Bitis to‘liq bekor qilingani va kataloniyalik klub ushbu transfer poygasidan chiqqani ma’lum qilindi.
Xabarlarga ko‘ra, milanliklar 27 yoshli futbolchi uchun taxminan 70 million yevro talab qilgan. Bu summa "Barselona" uchun qoniqarli bo‘lmagan. Shuningdek, bosh murabbiy Hans-Diter Flik ham dastlab bu transfer bo‘yicha shubha bildirgan.
Alessandro Bastonining "Inter" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha mo‘ljallangan. Joriy mavsumda u jamoaga A Seriya va Italiya Kubogini yutishda yordam berdi. U 40 ta o‘yinda 2 gol va 6 assist qayd etdi.

Fikrlar