"Bavariya" 18 yoshli "Chelsi" futbolchisini o‘z safida ko‘rmoqchi

  • 29 dekabr, 2018, 15:31
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Myunxenning "Bavariya" klubi "Chelsi" vingeri Kallum Xadson-Odoini o‘z safida ko‘rmoqchi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar bermoqda.

Tecno

Unga ko‘ra nemis grandi 18 yoshli angliyalik futbolchini yaqinlashib kelayotgan qishki transferlar chog‘idayoq sotib olmoqchi va buning uchun “aristokratlar”ga 14 mln evro to‘lashga tayyor. Kallum uchun shuningdek Bundesliganing boshqa bir grandi – “Borussiya” Dortmund ham kurash olib bormoqda.

Ma’lumot uchun, Xadson-Odoi joriy mavsum “Chelsi” safida jami 6ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!