
“Bavariya” 38 yoshli darvozabon Noyer haqida noxush xabar tarqatdi
“Bavariya”ning 38 yoshli darvozaboni Manuel Noyer yoshi o‘tib qolgani va keyingi paytda ko‘p jarohat olayotganiga qaramay, darvozani hech kimga topshirmoqchi emas.
Ayni paytda jarohati tufayli individual tarzda shug‘ullanib kelgan nemis golkiperining yana vaziyati og‘irlashdi.
Klub matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Noyer individual mashg‘ulotda ham mushagini shikastlab oldi va mashqlarini davom ettira olmadi.
Noyer “Shalke” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va bu jamoa sharafini 2005-2011 yillar davomida himoya qilgan. Keyin u “Bavariya”ga ko‘chib o‘tdi va hozirga qadar jamoaning birinchi raqamli posboni mavqeini o‘zida saqlab turibdi.
Noyer joriy mavsumda 20 ta uchrashuvda qatnashib, 11 ta o‘yinda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi va jami 15 ta to‘p o‘tkazdi xolos. Uning amaldagi shartnomasi yana bir yil davom etadi.
Fikrlar