
"Bavariya" Alaba kutgan maoshni bermaydi
"Bavariya" o‘z himoyachisi David Alaba bilan yangi shartnoma shartlari bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.
Myunxen klubi avstriyalik futbolchining maoshini oshirish niyatida emas, chunki bu jamoa maosh strukturasini buzib qo‘yishi mumkin.
28 yoshli futbolchi nemis klubi bergan taklifga ko‘ra, yiliga 11 mln evro va qo‘shimcha bonus sifatida 6 mln evrogacha ishlab topishi mumkin bo‘ladi.
Shu qatorda, "Bavariya" avvalgidek, 4 yillik emas, balki 5 yillik bitim taklif qilgan.
Sport Bild nashrining xabariga ko‘ra, futbolchining o‘zi Myunxen klubida qolishni istamoqda.
Oldinroq, Alaba "Bavariya"dan yiliga 25 mln evro maosh va 5 yillik bitim talab qilayotgani ma’lum bo‘lgandi.
Fikrlar