"Bavariya" bir necha futbolchisiga yangi shartnoma taklif qilmoqchi

  • 8 mart, 2023, 18:07
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bavariya" Luka Ernandes va Alfonso Devis bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmoqda.

Tecno

"Bild" nashri xabariga ko‘ra, myunxenliklar kanadalik himoyachi bilan yaqin vaqt ichida yangi shartnoma imzolamoqchi. Devisning amaldagi shartnomasi 2025 yilgacha mo‘ljallangan va tomonlar hamkorlikni uzaytirish borasida optimistik fikrda.

Ernandes bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralar so‘nggi pallada. Fabritsio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, "qizillar" Jamal Musiala uchun uzoq muddatli shartnoma bo‘yicha taklif ustida ishlamoqda.

Leroy Sane va Serj Gnabrining kelajagi bilan bog‘liq vaziyat unchalik aniq emas. Klub va futbolchilar yozda hamkorlikni davom ettirishni muhokama qilishga kelishib oldilar, biroq hammasi bu futbolchilarning o‘yinlariga bog‘liq bo‘ladi.Nemis grandi Sane va Gnabriga foydali taklif tushsa, ularni sotish haqida o‘ylab ko‘rishga tayyor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!