
"Bavariya" Bundesligadagi rekordini takrorladi. Bungacha ushbu natija klub tarixida bor yo‘g‘i 2 marta sodir bo‘lgan
Germaniya Bundesligasining 8-turida “Bavariya” safarda “Boxum”ga qarshi bahs olib bordi. Shu kuni myunxenliklar raqibni 5:0 hisobida mag‘lub etishdi. Ushbu g‘alabadan so‘ng "Bavariya" Germaniya chempionati tarixida o‘z rekordini takrorladi.
Bayern & Germany ma’lumotlariga ko‘ra, "Bavariya" mavsumning dastlabki sakkizta o‘yinida urgan 29 ta goli musobaqa tarixidagi eng yaxshi ko‘rsatgich hisoblanadi. E’tiborlisi, bu boradagi avvalgi ikki rekord ham aynan "Bavariya"ning o‘ziga tegishli. Nemis grandi bundan oldin 1976/1977 yilgi mavsumda, keyin esa 2021/2022 yilgi mavsumda ham xuddi shunday natija qayd etgan.
Ortda qolgan sakkizta o‘yindan so‘ng “Boxum” bir ochko bilan oxirgi, “Bavariya” esa 20 ochko bilan birinchi o‘rinda bormoqda.
Fikrlar