"Bavariya" Dest uchun qancha bermoqchi?
"Bavariya" "Ayaks"ning o‘ng qanot himoyachisi Serjino Dest uchun qancha taklif qilishi ma’lum bo‘ldi.
De Telegraaf nashrining yozishicha, myunxenliklar 19 yoshli amerikalik futbolchi uchun 20 million evro va yana 5 mln evro bonus berishga tayyor. Amsterdam klubi Destni ushlab qolishi qiyin. Chunki, u jamoasini o‘zgartirish niyatida.
Aytish kerakki, “Bavariya” Dest uchun kurashda “Barselona”dan g‘olib chiqdi.
Fikrlar