"Bavariya" Frantsiya yoshlar terma jamoasi a’zosini sotib olmoqchi
"Bavariya" klubi "Borussiya" Myunxengladbax yarim himoyachisi Mikael Kyuizansni sotib olmoqchi. Bu haqda RMC va Kicker nashrlari xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “Bavariya” 20 yoshli futbolchini garchi transfer narxi 5 mln evro bo‘lsada, 10 million evaziga sotib olishga tayyor.
Ma’lumot uchun, Kyuizans o‘tgan mavsum “Borussiya M” safida 11ta o‘yinda maydonga tushdi va 1ta golli uzatmaga mualliflik qildi. U Frantsiya U-20 terma jamoasi a’zosi hisoblanadi.

Fikrlar