"Bavariya" hali ham Noyer bilan kelisha olmayapti
"Bavariya" rahbariyati jamoa darvozaboni Manuel Noyer bilan amaldagi shartnomani uzaytirish borasida kelishuvga erisha olmayapti. Bu haqda Bayern & Germany nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, o‘rtadagi kelishmovchiliklarga qaramay, myunxenliklar 34 yoshli posbon bilan murosaga kela olishlariga ishonmoqda.
Bundan avvalroq esa “Bavariya” Noyerga 2023 yilga qadar shartnoma va yiliga 12 mln evro maosh taklif qilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. U joriy mavsum Bundesligada 25 ta o‘yinda maydonga tushdi va shularning 10 tasida o‘z darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi.
Fikrlar