"Bavariya" ham Konte uchun kurashga qo‘shildi

  • 17 aprel, 2019, 00:03
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Myunxenning "Bavariya" klubi rahbariyati italiyalik mutaxassis Antonio Konteni jamoa taklif qilishni rejalashtirmoqda.

Tecno

Corriere dello Sport nashri tarqatgan xabarga qaraganda nemis grandi agar bosh murabbiy Niko Kovach iste’foga chiqarilsa, uning o‘rniga aynan Konteni olib kelmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Kontega Rimning “Roma” klubidan ham jiddiy qiziqishlar bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, so‘nggi jamoasi hisoblangan “Chelsi”dan iste’foga chiqarilgan Konte hozircha ishsiz yuribdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!