"Bavariya" Kanseluni ko‘zlamoqda
"Manchester Siti" klubi himoyachisi Joau Kanselu “Bavariya”ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi. Bu haqla Bild nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra myunxenliklar 25 yoshli portugaliyalik futbolchini yaqinlashib kelayotgan qishki transferlar davrida keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga olishmoqchi. Biroq, ushbu transferning amalga oshishi ancha qiyin. Chunki, “shaharliklar” Kanseluni qo‘yib yuborishni rejalashtirishmayapti.
Agar Kanseluning transferi amalga oshsa, “Bavariya”ning frantsiyalik himoyachisi Benjamin Pavar qanot himoyachisi pozitsiyasidan markaziy himoyachi pozitsiyasiga o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, Kanselu “Manchester Siti”ga joriy yozgi transferlar davrida “Yuventus”dan 65 mln evro evaziga kelib qo‘shilgan edi. U hozircha 15 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilga qadar imzolangan.



Fikrlar