"Bavariya" kutilmaganda Bundesligadagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi

  • 24.01.2026 22:08
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Bundesliganing 19-turida Vensan Kompani boshchiligidagi "Bavariya" o‘z maydonida "Augsburg"ni qabul qilib, 2:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. 
 
Dastlab, uchrashuvning 23-daqiqada Hiroki Ito mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. 75-daqiqada Artur Shaves, 81-daqiqada esa Xan-Noa Massengo gol urib, hisobni 2:1 ko‘rinishiga keltirdi. Bu orqali "Bavariya" kambek qurboni bo‘lib, mag‘lubiyatga uchradi. 
 
Ma’lumot o‘rnida, amaldagi Bundesliga chempionlari 19 ta uchrashuvdan so‘ng 50 ochko to‘plagan holda, peshqadamlik qilmoqda. 2-o‘rindagi "Borussiya Dortmund" esa 18 ta turdan so‘ng 39 ochko jamg‘argan.

  • Germaniya - Bundesliga
  • Joriy Mavsum
503.png

Bavariya

  • Hiroki Ito 23'
Tugadi
1 : 2

24.01.2026 19:30

90.png

Avgusburg

  • Arthur Chaves 75'
  • Han-Noah Massengo 81'

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!