"Bavariya" "Leyptsig" yarim himoyachisini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

  • 18 aprel, 2023, 15:30
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Leyptsig" yarim himoyachisi Konrad Laymer "Bavariya"ga o‘tishga yaqin turibdi.

Tecno

"Sky Sport" nashri xabariga ko‘ra, 25 yoshli futbolchi Myunxen klubida ikki marta tibbiy ko‘rikdan o‘tgan va 2027 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzolagan.

Laymerning "Leyptsig" bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirida tugaydi va u "qizillar" safiga erkin agent sifatida borib qo‘shiladi. 

Bundesliganing joriy mavsumida avstriyalik futbolchi 15 ta o‘yin o‘tkazib, bitta gol urgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!