“Bavariya” “Liverpul”ning 17 yoshli yulduzini nishonga oldi
Myunxenning "Bavariya" klubi "Liverpul" qanot hujumchisi Rio Ngumoaning transfer imkoniyatini baholamoqda. The Athletic nashrining xabar berishicha, Germaniya chempionlari hujumni kuchaytirish uchun bir nechta nomzodlarni ko‘rib chiqmoqdalar va Ngumoa ularning chap qanot hujumchisi pozitsiyasidagi asosiy nishoni hisoblanadi.
Manbaga ko‘ra, 17 yoshli futbolchiga "Bavariya" va Myunxen bosh murabbiyi Vensan Kompani tomonidan katta qiziqish bildirilgani ma’lum, biroq nemislar hali "Liverpul" bilan bog‘lanmagan. Mersisaydliklar Ngumoa sotilmasligini ta’kidlamoqda.
O‘tgan yilning sentabr oyida u 2028 yilning iyunigacha mo‘ljallangan birinchi professional shartnomasini imzoladi. 2025/2026-yilgi mavsumda Ngumoa Angliya Premier-ligasida 19 ta o‘yin o‘tkazib, ikkita gol urdi va golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar