"Bavariya" "Manchester Siti"ning ishonchli himoyachisini Germaniyaga olib ketmoqchi
“Bavariya”ning sobiq futbolchisi Lotar Matteus Myunxen klubi “Manchester Siti” himoyachisi Yoshko Gvardiolga qiziqish bildirayotganini ma'lum qildi.
"Eshitishimcha, ular allaqachon dastlabki so'rovlarni amalga oshirishni boshlagan", — dedi Matteus.
24 yoshli xorvat himoyachisi 2023 yildan buyon “Manchester Siti” safida to'p tepmoqda. Undan avval esa Germaniya Bundesligasida “RB Leyptsig” sharafini himoya qilgan.
Ma'lumot o'rnida, futbolchi joriy yilning avvalida og'ir jarohat uzoq muddatga safdan chiqqan edi. So'nggi bir necha bahslarda esa tarkibga qaytdi!

Fikrlar