
"Bavariya" mashg‘ulotida janjal yuzaga keldi (FOTO)
"Bavariya" mashg‘ulotlarida jamoaning ikki futbolchisi Jerom Boateng va Leon Goretska o‘zaro janjallashdi.
To‘psiz bo‘lishiga qaramay, Goretska qo‘pol tarzda qoidani buzganidan so‘ng, Boateng g‘azablandi va
Goretskaning yuziga urdi. Keyin o‘zaro bir-birlarini so‘kishdi.
Jamoaning qolgan futbolchilari va bosh murabbiy Xans-Diter Flik vaziyatga aralashib, futbolchilarni tinchlantirishga urundi.
Fikrlar