"Bavariya" muxlislari uchun yaxshi xabar bor

  • 6 oktabr, 2021, 16:42
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Bavariya” klubining frantsiyalik yarim himoyachisi Korenten Tolisso maydonga qaytish uchun yana bir muhim qadamni tashladi.

Tecno

Myunxen klubi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 27 yoshli futbolchi mashg‘ulotlarda tinimsiz ishlamoqda, jamoadoshlarining ko‘pchiligi esa o‘z terma jamoalariga ketishgan.

Futbolchi mushaklaridan olgan jarohatidan faol tiklanmoqda va allaqachon individual mashg‘ulotlarni boshlab yuborgan.

Tolisso oxirgi marta "Bremer" bilan kubok bahsida maydonga tushgan edi. O‘sha bahsda “Bavariya” 12:0 hisobidagi o‘ta yirik g‘alabani tantana qilgan edi.

Bundan avvalroq “Bavariya” Korenten Tolissoni sotib yubormoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgan edi. Unga esa “Inter” asosiy da’vogar bo‘lib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!