"Bavariya" Noyerga o‘rinbosar topdi

  • 08.10.2019 13:13
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Gelzenkirxenning “Shalke” klubi darvozaboni Aleksandr Nyubel mavsum yakunlangach jamoasini o‘zgartirishi mumkin.

SportBild nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 23 yoshli posbon “Bavariya”ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi. Uning “Shalke” bilan amaldagi shartnomasi esa 2020 yilda o‘z nihoyasiga etadi. Shu bois u kelasi yoz myunxenliklar safiga erkin agent sifatida tekinga borib qo‘shilishi mumkin.

“Bavariya” rahbariyati Nyubelni jamoaning 34 yoshli darvozaboni Manuel Noyerga munosib o‘rinbosar sifatida qaramoqda.

Ma’lumot uchun, Nyubel joriy mavsum  Bundesligada jami 7 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z darvozasidan 7ta gol o‘tkazib yubordi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!