
"Bavariya" Pavarning o‘rniga "Milan" himoyachisini sotib olmoqchi
"Bavariya" vakili Benjamin Pavar faoliyatini "Inter"da davom ettirishga yaqin turibdi. Tomonlar 35 million evroga kelishib olgan. Faqatgina myunxenliklar yangi himoyachi topsa, uni qo‘yib yubormoqchi. Shu sababli, frantsuzning Milan klubiga transferi kechikmoqda.
"Calcio Mercato" nashrining xabar berishicha, "Bavariya" Pavar o‘rniga "Milan"dan Per Kaluluni sotib olmoqchi. Germaniya klubi frantsiyalik himoyachi bilan bog‘landi va tez orada muzokaralarni boshlash niyatida. Ammo Pioli uni qolishini istamoqda.
Kalulu 2020 yili "Lion"dan 2 million evro evaziga sotib olingan.
Fikrlar