"Bavariya" qarorini o‘zgartirmaydi

  • 11 noyabr, 2020, 20:16
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bavariya" himoyachisi David Alaba qishki transfer oynasi vaqtida myunxenliklar tarkibini tark etmaydi.

Bild nashri manbasiga ko‘ra, jamoa bosh murabbiyi Xans Flik Diter avstriyalik futbolchini jamoada ko‘proq olib qolish istagida.

Oldinroq, "Bavariya" futbolchi bilan yangi shartnoma imzolash bo‘yicha bir qarorga kela olmayotgani xabar qilingan edi. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi kelishuv joriy mavsum so‘nggigacha amal qiladi.

2020/21 mavsumda Alaba "Bavariya" safida 10 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol va bitta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!