
"Bavariya" qishki transferlar davrida "Shaxtyor"dan 19 yoshli braziliyalikni 50 mln evroga xarid qilishi mumkin
Ukrainaning "Shaxtyor" klubi yarim himoyachisi Tete faoliyatini "Bavariya"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Sky Sport nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra nemis grandi allaqachon 19 yoshli braziliyalik futbolchining transferi masalasida “konchilar”ga rasmiy taklif yuborgan. Aytish lozimki, “Shaxtyor” Teteni qishki transferlar davrida sotishga tayyor va uni 50 mln evroga baholamoqda.
Ma’lumot uchun, Tete joriy mavsum “Shaxtyor” safida 14 ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta gol hamda 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi.
Fikrlar