"Bavariya" Rashford uchun kurashga qo'shildi
Myunxenning "Bavariya" klubi "Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reşfordni oʻz safiga qoʻshib olish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda.
Football365 maʼlumotiga koʻra, transfer taqdiri koʻp jihatdan "Barselona"ning qaroriga bogʻliq. Kataloniyaliklar oʻtgan mavsum futbolchini ijara asosida oʻz safida oʻynatgan va uni 30 million yevroga sotib olish huquqiga ega.
Biroq hozircha klub ushbu banddan foydalanish niyatida emas. Ular yangi ijara shartnomasi yoki transfer narxini pasaytirish variantlarini muhokama qilmoqda.
"Manchester Yunayted" esa boshqa klublardan tushadigan takliflarni koʻrib chiqishga tayyorligini bildirgan. "Bavariya" talab qilinayotgan mablagʻni toʻlashga tayyor, ammo futbolchining haftasiga 348 ming yevro maoshi muzokaralardagi asosiy toʻsiq boʻlib turibdi.
Reşford oʻtgan mavsum "koʻk-anorranglilar" safida 49 ta oʻyinda qatnashib, 14 ta gol va 14 ta assist qayd etgan. Transfermarkt uning qiymatini 40 million yevro deb baholamoqda.

Fikrlar