"Bavariya" Saneni qishki transferlar davrida sotib olishi mumkin
"Bavariya" klubi prezidenti Uli Xyoness "Manchester Siti" vingeri Leroy Saneni qishki transferlar davrida sotib olishga yana bir bor urunib ko‘rmoqchiligini bildirdi.
“Kutish va uning sog‘ayishi qay darajada ketayotganini ko‘rish kerak. Yanvarda yoki fevralda yangi rahbariyat uzoq muddatli reja tuzib chiqadi”, - deydi Xyoness.
Eslatib o‘tamiz, nemis grandi ortda qolgan yozgi transferlar davridayoq sotib olishni rejalashtirishgan edi. Ammo, u kutilmaganda jiddiy jarohat olgach, myunxenliklarning rejalari o‘zgarib ketdi. U kamida fevralgacha maydonga tusholmaydi.
Fikrlar