"Bavariya" sobiq futbolchisining ukasi endi Myunxen klubida ko‘rinish berishi mumkin

  • 11.05.2024 01:11
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

Teo Ernandes "Bavariya" safiga ko‘chib o‘tishi mumkin. 

"Sky Sports" jurnalisti Florian Plettenberg xabariga ko‘ra, yozda "Milan" hmioyachisi Myunxen grandi safiga ko‘chib o‘tishga tayyor. Biroq tomonlar hali muzokaralarga kirishmagan. 

Mazkur transfer Alfonso Devisning kelajagiga bog‘liq. Teo borasida yakuniy qarorni nemis grandining yangi murabbiyi hal qiladi. "Bavariya" ushbu transfer summasi 60 million evro atrofida bo‘lishini kutyapti. 

Qayd etish lozim, Alfonso Devis yozda "Real" safiga ko‘chib o‘tishi mumkin. Mazkur transferning shaxsan futbolchining o‘zi xohlamoqda. 

  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!