"Bavariya" transferlar oynasida Gakpoga ham qiziqish bildirgan

  • 06.09.2025 20:49
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol

Kodi Gakpo yozda "Bavariya" tomonidan qiziqish bo‘lganini tasdiqladi.

O‘tgan yozda mersisaydliklardan Luis Dias 75 million evro evaziga "Bavariya"ga o‘tgan edi. Gakponing aytishicha, myunxenliklar bir vaqtning o‘zida unga ham qiziqish bildirganlar.

- Tushunishimcha, ular haqiqatan ham kelishgan, ammo oxir-oqibat Luis Diasni sotib olishdi, - dedi "Liverpul" yarim himoyachisi jilmayib.

Ma’lumot uchun, Germaniya klubi Diasni 70 million evro evaziga sotib olgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!