"Bavariya" uchun Noyerning o‘rnini to‘ldirish qiyin bo‘ladi

  • 12 dekabr, 2022, 09:16
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bavariya" "Monako" bilan Aleksandr Nyubelni Myunxenga qaytarish borasida muzokaralarni boshladi.

Tecno

Nemis klubi 26 yoshli darvozabonni Manuel Noyerning jarohati sabab ijaradan qaytarish harakatiga tushgan.

"Bavariya" va frantsuzlar dastlabki muzokaralarni olib bormoqda, biroq myunxenliklar Nyubelni o‘z tarkibiga qaytarish uchun pul to‘lashlariga to‘g‘ri keladi. 26 yoshli kiper joriy mavsum Liga 1da 15 ta o‘yinda o‘z darvozasidan 21 ta gol o‘tkazib yubordi.

Muqobil variant sifatida "Bavariya" shuningdek, Dominik Livakovich yoki Keylor Navasni sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!