
"Bavariya" va "Borussiya" bir xil ochko to‘pladi, ammo... (Bundesliga yakuniy jadval)
Bundesliga so‘nggi turidan o‘rin olgan "Kyoln" - "Bavariya" hamda "Borussiya" - "Maynts" uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.
"Bavariya" so‘nggi turda 2:1 hisobida g‘alaba qozongan bo‘lsa, "asalarilar" 2:2 hisobidagi durangga imzo chekdi.
Shu tariqa, "Bavariya" yana Germaniya chempionligini qo‘lga kiritdi. Myunxenliklar urilgan va o‘tkazib yuborilgan gollardagi farq evaziga Dortmund klubidan chempionlikni "tortib oldi".
Quyida Bundesliganing yakuniy jadvali bilan tanishib chiqishingiz mumkin.
"Bavariya", "Borussiya", "Leyptsig" hamda "Union" EChL yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. "Frayburg" kelasi mavsum Evropa ligasida harakat qilsa, "Bayer" Konferentsiyalar ligasida ishtirok etish huquqii qo‘lga kiritdi.
Fikrlar