"Bavariya" va "Borussiya" meksikalik yarim himoyachini nishonga oldi

  • 16 may, 2023, 11:57
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Hozirda Amsterdamning "Ayaks" klubida to‘p surayotgan Edson Alvares Niderlandiya chempionatini Germaniya Bundesligasiga o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda "Sport1" nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, 25 yoshli futbolchini o‘z safiga "Bavariya" va Dortmundning "Borussiya" klublari qiziqmoqda. "Ayaks" rahbariyati meksikalik futbolchi uchun 35 million evro taklif qilsa, u bilan xayrlashishga tayyor.

Alvares joriy mavsum chempionat doirasida 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 3 ta samarali uzatmaga mualliflik qilgan. Shimoliy amerikalik futbolchining "Ayaks" bilan shartnomasi 2025 yilning o‘rtalariga qadar tuzilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!