"Bavariya" Xasanga munosib o‘rinbosar izlamoqda

  • 28 may, 2023, 12:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Myunxenning "Bavariya" klubi sport direktori o‘rniga yangi mutaxassis izlay boshladi. Avvalroq so‘nggi 6 yildan buyon ushbu lavozimda ishlab kelayotgan Xasan Salihamijichning iste’fosi e’lon qilingan edi.

Bu o‘ringa asosiy da’vogar Maks Eberl bo‘lib, u hozirda Germaniyaning boshqa bir klubi - "RB Leyptsig"da faoliyat yuritmoqda. "Bavariya" vakillari Bundesliganing 34-turidan o‘rin olgan "Kyoln"ga (2:1) qarshi o‘yin oldidan Maks bilan muzokara o‘tkazishdi. Bu haqda Bild nashri xabar bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, “Bavariya” joriy mavsum “Borussiya Dortmund”ni to‘plar nisbati bo‘yicha ortda qoldirib, Germaniya chempioniga aylandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!