"Bavariya" yana bir xayrli ishga qo‘l urdi

  • 23 may, 2020, 09:04
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Bavariya” kecha koronavirus tufayli og‘ir moliyaviy sharoitga tushib qolgan mahalliy ligalarga 460 ming evro xayriya qildi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

Tecno

Aytish kerakki, ushbu mablag‘lar jamoaning mavsumiy abonementlarini qaytarib berishni xohlamagan muxlislarning mablag‘lari evaziga to‘plangan.

Endi har bir mahalliy jamoa 20 ming, federatsiya esa 100 ming evroga ega bo‘ladi.

Bundan avvalroq “Bavariya” koronavirusga qarshi kurashish uchun 4 mln evro xayriya qilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!