"Bavariya" yirik, "Borussiya" D ishonchli hisobda g‘alaba qozondi

  • 30.10.2021 20:27
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

Bundesliga 10-turidan o‘rin olgan "Bavariya" - "Union" uchrashuvi yakunlandi. Mazkur bellashuvda mehmonlar yirik 5:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Myunxenliklar safida Levandovski dubl qayd etdi. Shuningdek, Sane, Koman va Myuller ham bittadan gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Maydon egalari tarkibida Gisselman va Rayerson raqib darvozasini ishg‘ol etdi. 




Bundan tashqari, bu turda "Borussiya" D ham o‘z o‘yinini o‘tkazdi va Azar va Tiggesning gollari evaziga "Kyoln"ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!