“Bavariya” yulduzi klubga kutilmagan zarba berdi

  • 11 may, 2021, 20:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Bavariya”ning muvaffaqiyatlariga katta hissa qo‘shayotgan Kingsli Koman klub bilan yangi bitim imzolashdan bosh tortdi.

Myunxenliklar frantsiyalik yarim himoyachiga yiliga 12 million evro maosh ko‘rsatilgan shartnoma bergandi. Biroq, Komanning bu taklifni qabul qilmagan klubga zarba bo‘ldi. Avvalroq, universal himoyachi David Alaba ham “Bavariya”ning kelishuvini imzolamasdan, ketishni ma’qul ko‘rgandi.

24 yoshli Kingsli Koman yiliga 17 million evro maosh talab qilmoqda. Pandemiya davridagi moliyaviy inqiroz vaqtida bu maoshni ko‘tarish Bundesliga chempionatiga ham og‘irlik qilishi mumkin.

Ayni paytda tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar davom etmoqda va hali ular bir to‘xtamga kelgani yo‘q.

Koman joriy mavsumda Bundesligada 27 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga to‘rtta to‘p kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!