"Bavariya" yutqazgan bahsda Xamesning miyasi chayqaldi, Bernat esa chap oyoq mushaklarini jarohatlab oldi

  • 26 noyabr, 2017, 18:55
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Myunxenning “Bavariya” klubi rasmiy sayti kecha Bundesliganing 13-turida “Borussiya” Myunxengladbaxga (2:1) qarshi bahsda jarohat olgan ikki futbolchisi - Xames Rodriges va Xuan Bernatlarning jarohati haqida ma’lum qildi.

Tecno

Unga ko‘ra raqib himoyachisi Toni Yanchk bilan to‘qnashib ketgan Xamesda miya chayqalishi kuzatilgan. Shu bois kolumbiyalik futbolchi bir necha kun shifokorlar nazoratida bo‘ladi va jamoaning yaqin kunlardagi mashg‘ulotlarida ishtirok eta olmaydi.

Chap oyoq son mushaklaridan engil jarohat olgan Bernat ham “Bavariya”ning yaqin oradagi mashg‘ulotlarini o‘tkazib yuboradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!