“Bavariya” zo‘r futbolchini arzonga olyapti

  • 24.08.2021 12:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Bavariya” o‘z tarkibiga “Leyptsig” etakchisi Marsel Zebittserni qo‘shib olishga yaqin turibdi. Avstriyalik yarim himoyachi o‘ziga qiziqish bildirgan myunxenliklar bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishib bo‘lgan.

Bundesliga chempioni 27 yoshli yarim himoyachi bilan 2026 yilning yarmigacha davom etadigan uzoq muddatli shartnoma tuzishga qaror qilgan.  

Ayni paytda tomonlar transfer detallari bo‘yicha muzokara o‘tkazyapti.

Marsel Zabittserning “Leyptsig” bilan amaldagi bitimi mavsum oxirida yakunlanadi. Shu bois, “buqalar” o‘z etakchisini atigi 10 million evroga qo‘yib yuborishga rozi.

Aslida klub Zebittserga yangi bitim taklif qilgandi, biroq avstriyalik futbolchi kuchliroq klubga o‘tish maqsadida hamkorlikni davom ettirmaydigan bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!